
Ixtiol mazi 20% — kuchli konsentratsiyali mahalliy yallig'lanishga qarshi, antiseptik va mahalliy og'riq qoldiruvchi vosita. Stafilokokk va streptokokklarga qarshi bakteritsid ta'sir ko'rsatadi, to'qimalarning chuqur qatlamlarida yallig'lanish va og'riqni kamaytiradi. Chuqur yallig'lanishlar va surunkali holatlarda qo'llaniladi.
Ixtiol (Ixtiammol) 200 mg/g, Vazelin / Ихтиол (ихтиаммол) 200 мг/г, вазелин
Tashqi: zararlangan joyga yupqa qatlam bilan, kuniga 1–2 marta surtiladi. Surtgandan so'ng bog'lam qo'yish mumkin. Ichga: antiseptik va bijg'ishga qarshi sifatida vet. shifokor tavsiyasi bo'yicha.
Tarkibiga sezuvchanlik oshganda. Ochiq yaralarga va shilimshiq qavatlariga qo'llanilmaydi.
+5°C dan +25°C gacha / От +5°С до +25°С
3 yil / 3 года
100 g