Kalsiy bor glyukonat 20%

Vitamin va mineral komplekslar

Tarkibi

Kalsiy glyukonat 200 mg/ml, Bor kislotasi 1,85 mg/ml, Natriy tetraborat 13 mg/ml

Tavsif

Kalsiy bor glyukonat 20% — shaffof, rangsizdan och sariq ranggacha bo'lgan suyuqlik. Desensibilizatsiyalovchi, antitoksik va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi; qondagi ionlashgan kalsiy darajasini oshiradi, moddalar almashinuvini stimulyatsiya qiladi, yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi.

Kalsiy bor glyukonat 20%

Mahsulot kodi:

TBO-0095

TBO Vet

Indikatsiyalar

Tug'ishdan keyingi parezi, spazmofiliya, eklampsiya, shok, raxit, tetaniya, osteomalyatsiya; placenta ushlanishi, tug'ishdan oldin va keyin yotib qolish; allergik kasalliklar (kraptivnitsa, zardob kasalligi); magniy tuzlari bilan zaharlanish, jigarning toksik shikastlanishi.

Qo'llash

Preparat 35–37°C gacha qizdiriladi va vena ichiga (sekin) yoki teri ostiga 0,5 ml/kg hisobida yuboriladi. Teri ostiga yuborishda doza turli joylarga bo'lib-bo'lib kiritiladi. Bir marotaba; zarur bo'lsa 24 soatdan keyin takrorlanadi. Eng ko'p bir martalik dozalar (ml): • Qoramol: 250–300 • Ot: 150–200 • Mayda shoxli hayvonlar: 50–100 • It: 5–25

Maqsadli hayvonlar

Qoramol, ot, mayda shoxli hayvonlar, it

Chiqarish muddati

Cheklovsiz

Qadoqlash

100 ml, 250 ml