Tavsiya etamiz

Maksitil 200

Antibakterial preparatlar

Tarkibi

Tilozin tartrat 200 mg/ml

Tavsif

Maksitil 200 — tilozin asosidagi keng spektrli antibiotik (200 mg/ml). Ko'pgina gram musbat va ba'zi gram manfiy bakteriyalarga (streptokokklar, leptospiralar, korinebakteriyalar, klostridilar, eritipelotriklar, pasterellalar, xlamidiyalar, treonemalar, spiroxetalar va mikoplazmalar) ta'sir ko'rsatadi. Mushak ichiga yuborilganda 1 soat ichida maksimal konsentratsiyaga erishiladi, to'qimalarda terapevtik ta'sir 20 soatdan kam bo'lmagan muddatga saqlanadi. Asosan siydik orqali, emizuvchi hayvonlarda sut bilan chiqariladi.

Maksitil 200

Mahsulot kodi:

TBO-0011

TBO Vet

Indikatsiyalar

Tilozinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan qo'zg'atilgan nafas yo'llari, me'da-ichak va boshqa bakterial infeksiyalar, shuningdek mikoplazmatoz.

Qo'llash

Faqat mushak ichiga (i/m), kuniga 1 marta, 5–7 kun ketma-ket. Qayta yuborishda joy almashtiriladi. 10 ml dan ortiq bir joyga qoramolga, 5 ml dan ortiq qo'y va echkilarga yuborilmaydi. Boshqa preparatlar bilan bir shpritsda aralashtirilmaydi. Qoramol ≥80 kg uchun Maksitil 50 tavsiya etilmaydi. Doza (1 kg tirik vaznga): • Qoramol, buzoqlar: 0,025–0,05 ml • Qo'y, echki: 0,05–0,06 ml • It, mushuk: 0,025–0,05 ml

Maqsadli hayvonlar

Qoramol, buzoqlar, qo'y, echki, it, mushuk

Chiqarish muddati

Go'sht — 8 kun, sut — 4 kun

Qarshi ko'rsatmalar

Penitsilllin (ayniqsa ampisillin va oksatsillin), sefalosporin va linkomitsin bilan birga qo'llanilmaydi. Otlarga qo'llash tavsiya etilmaydi. Preparat komponentlariga sezuvchanlikda qo'llanilmaydi.

Qadoqlash

10 ml, 50 ml, 100 ml